ToshVZITI va Eronning Paster instituti o‘rtasida ilmiy amaliyot yo‘lga qo‘yiladi
Bugun Toshkent Vaksina va Zardoblar Ilmiy-Tadqiqot Instituti vakillari Eronning nufuzli Paster instituti bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi —
ilmiy amaliyot (stajirovka) dasturlarini yo‘lga qo‘yish va yosh kadrlar malakasini oshirish masalalari bo‘ldi.
Yaqin kelajakda ToshVZITI yosh olimlari va tadqiqotchilari Erondagi ilg‘or laboratoriyalarda bevosita amaliy tajriba orttirish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, quyidagilar muhokama qilindi:
Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish
Kadrlar malakasini oshirish
Vaksina hamda zardoblar sohasida tajriba almashinuvi
Ilmiy seminarlar, treninglar va master-klasslar tashkil etish
Ushbu xalqaro tajriba almashinuvi institut faoliyatini yanada samarali tashkil etish uchun muhim zamin yaratadi.