TOSHVZITI da ustoz va shogirdlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
TOSHVZITI da ustoz va shogirdlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

June 30, 2025, 10:18 a.m.

TOSHVZITI da ustoz va shogirdlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

TOSHVZITI da ustoz va shogirdlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot Institutida immunologiya laboratoriyasi mudiri, uzoq yillardan buyon ilmiy izlanishlar va ustozlik faoliyatini samarali davom ettirib kelayotgan professor Narimon Gulyamov bilan shogirdlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda institutda faoliyat olib borayotgan ustoz hamda turli yillarda uning qo‘l ostida ilmiy izlanish olib borgan shogirdlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida ilmiy-tadqiqot sohasidagi yangi g‘oyalar, qo‘shma loyihalar, dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Professor Narimon Gulyamov o‘z faoliyati davomida nafaqat ilmiy ishlanmalar muallifi, balki mustahkam ilmiy maktab egasi sifatida ham e’tirof etilgan. Uning rahbarligida ko‘plab iqtidorli yoshlar shakllangan bo‘lib, ular bugungi kunda respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Uchrashuv davomida shogirdlar ustozga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom, yillar davomida ko‘rsatilgan ilmiy yo‘l-yo‘riq, insoniy g‘amxo‘rlik va sabr-toqat uchun minnatdorlik izhor etdilar. Tadbir samimiy muloqot, ilmiy fikr almashuv va esdalik lahzalarga boy tarzda o‘tdi.

Subat doirasida professor Narimon Gulyamovning faoliyati, ustoz-shogirdlik an’analari, ilmiy izlanishlari va shogirdlar bilan birgalikda yurtimiz ilm-faniga qo‘shgan hissasini yorituvchi maxsus ko‘rsatuv ham tasvirga olindi.

Ushbu videomaterial tez orada keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilishi rejalashtirilgan.