1-IYUL — ILMIY IZLANISHLAR MONITORINGI KUNI
Bugun Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida navbatdagi ilmiy monitoring bo‘lib o‘tdi.
Maqsad — doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini baholash, shaffoflikni ta’minlash va ilmiy salohiyatni oshirish.
Monitoring quyidagi yo‘nalishlarda olib borildi:
▪️ Dori texnologiyasi
▪️ Mikrobiologiya va virusologiya
▪️ Allergologiya va immunologiya
▪️ Biotexnologiya
Har bir izlanuvchi dissertatsiya mavzusi, ilmiy maqolalari, konferensiyalardagi ishtiroki va tadqiqot natijalari bo‘yicha hisobot taqdim etdi.
Jarayon davomida har bir izlanuvchining dissertatsiya mavzusiga doir rejasi, ilmiy maqolalari, konferensiyalardagi ishtiroki, seminar ma’ruzalari va ilmiy natijalari yuzasidan batafsil tahlil qilindi. Hisobotlar yozma va prezentatsiya shaklida taqdim etildi.
Taqdimotlar chog‘ida ilmiy rahbarlar va soha mutaxassislari tomonidan mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, taklif va tavsiyalar berildi. Ayrim izlanishlar atrofida ochiq muhokamalar ham tashkil etildi.
Mazkur monitoring — institutda ilmiy salohiyatni oshirish, yosh olimlar faoliyatini muntazam baholab borish va ularni xalqaro ilmiy maydonga tayyorlash yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi.
Ilmiy izlanishlar davom etmoqda. Har bir izlanish — sog‘lom jamiyat sari tashlangan navbatdagi qadamlardir.