Bugun Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti 3-kurs tayanch doktoranti Tursunova Malika Rabbimqul qizining
“Mahalliy Curcuma longa L. o‘simligi asosida biofaol qo‘shimchalar yaratish” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan laboratoriyalararo muhokama bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada laboratoriya mudirlari, yetakchi olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, ilmiy yondashuvlar, xomashyo tanlovi va tadqiqot natijalari yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar olib borildi.
Ushbu muhokama — fan, tajriba va aniqlik asosida olib borilayotgan izlanishlar samarasidir.
Bu esa ToshVZITIda amalga oshirilayotgan ilmiy faoliyatning uzluksizligini yana bir bor isbotladi.