TOSHVZITI JAMOASI UGAM OROMGOHIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga binoan, har oyning ikkinchi shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan Toshkent Vaksina va Zardoblar Ilmiy-Tadqiqot Instituti jamoasi navbatdagi dam olish kunlarini Ugam oromgohida — tog‘lar va daryo bag‘ridagi sokin, go‘zal tabiat qo‘ynida o‘tkazdi.
Ushbu safar — Ugam daryosining shovullagan tiniq shaffof suvi, tog‘ning musaffo havosi, atrofdagi sukunat va tabiat manzaralari bilan uyg‘un holda o‘tdi.
Ochiq osmon ostida yoqimli tonggi suhbatlar, hamkasblar o‘rtasidagi iliq fikr almashinuvi, jamoa a’zolarini bir-biriga yanada yaqinlashtirdi.
Bu safar faqat hordiq emas edi — bu ruhiy tiklanish, jamoaviy birlik, va eng muhimi, ertangi ish kunlariga ilhom bilan qaytish bo‘ldi.