XITOYNING “WALVAX KOMPANIYASI” BILAN MEMORANDUM IMZOLASHGA KELISHILDI
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti Xitoy bilan navbatdagi muhim uchrashuvi “Walvax kompaniyasi” vakillari bilan zoom platformasi orqali o‘tkazildi. Bu ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi ikkinchi rasmiy uchrashuv hisoblanadi.
Uchrashuv doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi:
1. 2025-yil 7–27-avgust kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan seminar davomida “Walvax kompaniyasi”ning laboratoriyalariga tashrif buyurish;
2. Vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy platforma yaratish, texnologiyalar almashinuvi va qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish;
3. Ilmiy hamkorlikni huquqiy asosda mustahkamlash maqsadida o‘zaro memorandumi tuzish.
Hamkorlik bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
• 1-bosqich: ishlab chiqarish imkoniyatlarini texnik va ilmiy jihatdan baholash;
• 2-bosqich: birinchi yilda sinov ishlab chiqarish va tayyorgarlik bosqichlarini boshlash;
• 3-bosqich: 4 yildan 8 yilgacha bo‘lgan istiqbolda to‘liq ishlab chiqarish va eksport salohiyatini shakllantirish.
Hozirda memorandum loyihasi tayyorlangan bo‘lib, tomonlar uni imzolash arafasida turibdi.
“Walvax kompaniyasi” bilan strategik sheriklik ToshVZITI ilmiy salohiyati va xalqaro ko‘lamdagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiradi.