TOSHVZITI OLIMI NUFUZLI XALQARO ILMIY TAHRIRIYAT A’ZOSIGA AYLANDI

TOSHVZITI OLIMI NUFUZLI XALQARO ILMIY TAHRIRIYAT A’ZOSIGA AYLANDI

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (TOSHVZITI) xalqaro ilmiy maydondagi o‘z mavqeyini izchil mustahkamlab bormoqda. Institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Xudayberdiyevich Mirzayev nufuzli xalqaro ilmiy jurnal — Infectious Medicine tahririyati tarkibiga Emerging Editorial Board Member sifatida qabul qilindi.

Mazkur jurnal dunyoning yetakchi ilmiy nashriyotlari — Elsevier hamda Tsinghua University Press hamkorligida chop etilib, infeksion kasalliklar, epidemiologiya, virusologiya va zamonaviy tibbiyot sohalaridagi ilg‘or ilmiy yutuqlarni yoritadi. Jurnal xalqaro ilmiy hamjamiyatda yuqori e’tirofga ega bo‘lib, global sog‘liqni saqlash muammolariga innovatsion yondashuvlarni ilgari suruvchi muhim platforma hisoblanadi.

Emerging Editorial Board Member maqomi yosh va istiqbolli olimlarni ilmiy tahririyat faoliyatiga jalb etish, ilmiy maqolalar sifatini oshirish hamda zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbusdir. Ushbu maqom doirasida Ulug‘bek Mirzayev ilmiy maqolalarni ekspertizadan o‘tkazish, tahririy qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI