YONSEI VA CHANGVONG MILLIY UNIVERSITETI PROFESSORLARIGA TOSHVZITI FAXRIY PROFESSORI UNVONI BERILDI
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida Janubiy Koreyaning nufuzli Yonsei hamda Changvong milliy universiteti professorlari ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tashrif institutning xalqaro ilmiy aloqalarini yanada kengaytirish, farmatsevtika fanlari va biotibbiyot yo‘nalishida qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ilg‘or ilmiy tajribalarni almashishga xizmat qiladi.
Uchrashuv davomida ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, yuksak akademik natijalari va xalqaro hamkorlikdagi faol ishtiroki uchun Yonsei hamda Changvong milliy universiteti professorlari Gyonhee Han, Jaesung No hamda Hunjoo Haga ToshVZITI Faxriy professori unvoni berildi.
Ushbu e’tirof ToshVZITIning xalqaro maydondagi ilmiy nufuzini mustahkamlash, yetakchi xorijiy universitetlar bilan strategik hamkorlikni rivojlantirish va ilmiy innovatsiyalarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim tashabbusdir.
TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI