TOSHVZITI VA NTU: QO‘SHMA HAMKORLIK TASHABBUSLAR MUHOKAMASI

TOSHVZITI VA NTU: QO‘SHMA HAMKORLIK TASHABBUSLAR MUHOKAMASI

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (TOSHVZITI) hamda Singapurning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy markazlaridan biri — Nanyang Technological University (NTU) professori, infeksion kasalliklar bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassis Professor Laurent Renia ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlarini kengaytirish hamda global sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratildi.

Muloqot davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi:

infeksion kasalliklar va immunologiya sohasida ilg‘or ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish
xalqaro ilmiy loyihalar va grant dasturlarida hamkorlikni kengaytirish
yosh olimlar va mutaxassislar uchun stajirovka hamda akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish
zamonaviy laboratoriya texnologiyalari va innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish
klinik tadqiqotlar, epidemiologiya va global sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

ToshVZITI axborot xizmati